Keynning taqdiri qachon hal bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Angliya terma jamoasi sardori Xarri Keyn Premyer-liganing yangi mavsumi boshlanishidan oldin sotilmasa, «Tottenxem»da qoladi. Premyer-liganing 2023/2024 yilgi mavsumi 11 avgust kuni boshlanadi. 13 avgust kuni «Tottenxem» «Brentford» bilan o‘ynaydi.
Qayd etilishicha, Keyn klub va yangi bosh murabbiyni hurmat qilgani uchun mavsum boshlanganidan keyin jamoani tark etishni istamayapti.
O‘z navbatida, «Bavariya» «shporlar» yetakchisi bilan 5 yillik shartnoma imzolashiga ishonch bildirmoqda. Avvalroq, ikki klub vakillarining uchrashuvi natijalari ma’lum bo‘lgandi.
Keyn «Tottenxem» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. London klubi safida hujumchi 435 o‘yin o‘tkazib, 280 gol urgan va 64 golga assistentlik qilgan. O‘tgan mavsumda 30 yoshli futbolchi 49 o‘yin o‘tkazib, 32 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi. Uning «Tottenxem» bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/