O‘zbek jamoalari Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashishi uchun nima qilishi kerak?

2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchilari haqida ayrim ma’lumotlar paydo bo‘ldi. 

Hozircha 32 ta ishtirokchidan 12 tasining nomi aniq bo‘lib, qolgan 20 ta ishtirokchi quyidagi tartibda aniqlanadi:

Osiyo:
1. 2023/24 yilgi OCHL g‘olibi;
2. OFK reytingida so‘nggi 4 yillikning eng yaxshi jamoasi.

Afrika:
3. 2023/24 yilgi Chempionlar ligasi g‘olibi;
4. Afrika futbol konfederasiyasi reytingida so‘nggi 4 yillikning eng yaxshi jamoasi.

KONKAKAF:
5. 2024-yilgi Chempionlar ligasi g‘olibi.

KONMEBOL:
6. 2023-yilgi «Libertadores kubogi» sohibi;
7. 2024-yilgi «Libertadores kubogi» sohibi;
8. KONMEBOL reytingida so‘nggi 4 yillikning eng yaxshi jamoasi;
9. KONMEBOL reytingidagi 2-o‘rin sohibi.

Okeaniya:
10. Okeaniya Chempionlar ligasining oxirgi 4 yillikdagi eng yaxshi chempioni.

UYEFA:
11. 2023-2024 yilgi YECHL g‘olibi;
12. UYEFA reytingida so‘nggi 4 yillikning eng yaxshi jamoasi (hozircha «Bavariya»);
13. UYEFA reytingida so‘nggi 4 yillikning eng yaxshi 2-jamoasi (hozircha «Inter»);
14. UYEFA reytingida so‘nggi 4 yillikning eng yaxshi 3-jamoasi;
15. UYEFA reytingida so‘nggi 4 yillikning eng yaxshi 4-jamoasi;
16. UYEFA reytingida so‘nggi 4 yillikning eng yaxshi 5-jamoasi;
17. UYEFA reytingida so‘nggi 4 yillikning eng yaxshi 6-jamoasi;
18. UYEFA reytingida so‘nggi 4 yillikning eng yaxshi 7-jamoasi;
19. UYEFA reytingida so‘nggi 4 yillikning eng yaxshi 8-jamoasi.

Mezbon:
20. AQSH jamoasi.

O‘zbekiston jamoalari uchun ushbu musobaqada qatnashishning yagona yo‘li bu – OFK Chempionlar ligasining bu yilgi mavsumini yutishdir. OFK reytingida so‘nggi 4 yillikning eng yaxshi jamoasi bu «Al Hilol» bo‘lib, undan keyingi o‘rinni Eronning «Persepolis» klubi egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter