«Roma» mavsum o‘rtasida Saudiyada o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

“Roma” Saudiyaning “Ash-SHabob” klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga qaror qildi va bu mavsumning eng qizg‘in pallasida – 24 yanvar chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Rimliklar chempionat bilan bir qatorda Yevropa ligasi va Italiya kubogida ham ishtirokini davom ettirayotgan holatda juda g‘ayrioddiy qaror.

Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionati turnir jadvalida “Roma” yettinchi o‘rinda bormoqda, bugun, 7 yanvar kuni Joze Mourinyo shogirdlari o‘z maydonida “Atalanta” bilan o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter