«Roma» Mourinyo bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti

Joze Mourinyoning «Roma» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.

Shu bilan birga, klub portugaliyalik mutaxassis bilan shartnomani uzaytirish borasida qaror qabul qilishga shoshilmayapti.

La Gazzetta dello Sport nashri xabar berishicha, «Roma» rahbarlari jamoaning mavsumning ikkinchi qismidagi natijalarini baholab, keyin murabbiylik masalasini hal qilmoqchi.

Avvalroq Mourinyo «Roma» rahbariyati yaqin kelajakda uning kelajagi haqida uning muddati tugaydigan shartnomasi borasida qaror qabul qilishi kerakligini aytgandi.

Ayni paytda «Roma» Italiya chempionati turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter