Eron OK oldidan ikki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Raqiblar Afrika va Osiyo termalari

Eron terma jamoasi Osiyo kubogi oldidan Afrika va Osiyo terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.

Dastlabki o‘yin 5 yanvar kuni Kish orolida Burkina Faso terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. Ikkinchi uchrashuv 9 yanvar kuni Dohada, Indoneziya terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

Eron terma jamoasi ushbu o‘yinlarda 2 xil tarkibdan foydalanishni rejalashtirgan.

Manba: https://t.me/SamvelKarlenich

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter