«Roma» Sapata transferi borasida «Atalanta» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda

«Roma» yana «Atalanta» hujumchisi Duvan Sapatani nishonga oldi. Jurnalist Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, klublar o‘rtasida transfer bo‘yicha muzokaralar allaqachon boshlangan.

Manbaning ta’kidlashicha, Sapata «Roma»ning «PSJ»dan Renatu Sanshesh va Leandro Paredesni qo‘lga kiritgandan keyingi maqsadi bo‘ladi. Qayd etilishicha, “Sapata” “Roma” uchun narx va sifat jihatidan eng maqbul variant hisoblanadi.

«Roma» ham avvalroq Alvaro Moratani sotib olish haqida o‘ylab ko‘rgan, ammo ispaniyalik futbolchi «Atletiko Madrid»da qolishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter