«PSJ» Xavi borasida yakuniy qarorga keldi
Hujumkor yarim himoyachi Xavi Simons kelasi mavsumda «PSJ»da o‘ynaydi. Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, Liga 1ning top-klubi Simonsni kelasi mavsumdagi rejalarining bir qismi bo‘lishiga qaror qilgan.
Shu tariqa, Simons yana ijaraga ketishi kutilmayapti. 20 yoshli futbolchi hozirda vaqtinchalik «Leypsig» sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi 25 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Qo‘shimcha qilamizki, Transfermarkt portali Xavi Simonsni 70 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/