Alkantara «Liverpul» borasida bir qarorga keldi

Huquqlari «Liverpul»ga tegishli bo‘lgan mashhur ispaniyalik yarim himoyachi Tiago Alkantara mersisaydliklar safini tark etishni rejalashtirmayapti, bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Avvalroq, matbuotda futbolchi Turkiya chempionatiga o‘tish haqida o‘ylayotgani, uning xizmatlariga Istanbulning «Beshiktosh» klubi qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Angliya Premyer-ligasining so‘nggi mavsumida Tiago 18 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita sariq kartochka oldi. 32 yoshli futbolchining «qizillar» bilan shartnomasi kelasi yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter