«Leypsig» Xavi Simonsni o‘z safida saqlab qolmoqchi
Bild xabariga ko‘ra, «Leypsig» yarim himoyachi Xavi Simonsni saqlab qolishni istamoqda.
Manbaga ko‘ra, «PSJ» doimiy transferga qarshi, biroq ijara muddatini bir mavsumga uzaytirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.
Nemis klubi o‘tgan yozda 20 yoshli gollandni «PSJ»dan ijaraga olgandi. Futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/