Mxitaryan: «Yaxshilanishda davom etaman va to‘xtash niyatim yo‘q»

«Inter» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan milanliklar bilan shartnomani uzaytirish haqida gapirdi.

Armaniston terma jamoasi futbolchisi juda xursand ekanligini, chunki “Inter” so‘nggi 1,5 yil ichida unga ko‘p narsa berganini va u bilan yana bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritishga umid qilayotganini ta’kidladi. «Men yaxshilanishda davom etaman va to‘xtash niyatim yo‘q. Har kuni o‘rganish, mashg‘ulot o‘tkazish va jamoadoshlar bilan o‘ynash yoqimli», – deya Mxitaryanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi milanliklar matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli futbolchining «Inter» bilan yangi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Mxitaryan barcha turnirlarda 24ta o‘yinda qatnashib, ikki gol urdi va jamoadoshlariga beshta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter