Mxitaryan yangi shartnoma imzoladi
Armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryan «Inter» bilan hamkorlikni uzaytirdi, bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.
Jurnalistning xabar berishicha, 34 yoshli futbolchining Italiya top-klubi bilan tuzgan yangi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Geynrixning maoshi mavsumiga 4 million yevroni tashkil qiladi. “Inter” manfaati uchun yarim himoyachi Saudiya Arabistoni chempionatidan tushgan takliflarni rad etdi.
Italiya A Seriyasining joriy mavsumida Mxitaryan 18 ta o‘yin o‘tkazdi. Yarim himoyachi ikkita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/