«Inter» Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirmoqchi

«Inter» armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda Quotidiano Sportivo xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, milan klubi Mxitaryanga yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2025 yilgacha yangi shartnoma taklif qilmoqda.

Qayd etilishicha, «Inter» 34 yoshli futbolchini hozirgi maoshi, ya’ni yiliga 3,8 million yevrolik daromad bilan saqlab qolishga tayyor. Mxitaryanning o‘zi ham klubda qolishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, Mxitaryan 2022 yilning yozida «Roma»dan «Inter»ga o‘tgan edi.

«Neradzurrilar» tarkibida yarim himoyachi 59 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter