Ramos Ispaniya terma jamoasiga qaytishi mumkin
«Sevilya»ning 37 yoshli himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasiga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«O‘tgan yili men terma jamoani tark etishga qaror qilgandim, lekin agar qaytishga majbur bo‘lgan holatlar bo‘lsa, men buni qilaman. Ispaniya terma jamoasi men uchun qanchalik muhimligini hamma yaxshi biladi», – dedi Ramos Football Espana nashriga bergan intervyusida.
Markaziy himoyachi milliy terma jamoa safida 180 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urgan va 8 ta golga assistentlik qilgan.
Ertaga, 8 sentyabr kuni Ispaniya Yevro—2024 saralash bosqichi 3-turi doirasida Gruziyaga qarshi maydonga tushadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/