Ramos «Barselona» darvozasiga yo‘l topmoqchi

«Sevilya» markaziy himoyachisi Serxio Ramos La Liga 7-turida «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan intervyu berdi.

«Birinchi golimni «Barselona»ga urish ajoyib bo‘lardi. Lekin bor e’tiborimni himoyada kuchli bo‘lishga va gol o‘tkazib yubormaslikka qaratganman. Albatta, jamoamiz allaqachon ehtimoliy golni nishonlash uchun ba’zi narsalar tayyorlagan, bu har doim juda kulgili», – deya himoyachi so‘zlarini keltirgan Marca.

Eslatib o‘tamiz, bahs 29 sentyabr tungi soat 23:59 da start oladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter