Suchek Lempardni quvib o‘tdi

«Vest Xem» yarim himoyachisi Tomas Suchek «bolg‘achilar» uchun yana bir muhim marraga erishdi. Bir kun avval Chexiya terma jamoasi futbolchisi “Arsenal” darvozasiga gol urdi. Ma’lum bo‘lishicha, gol Tomas uchun ahamiyatli bo‘lgan.

Bu gol Suchek uchun Premyer-ligadagi klub uchun 25-gol bo‘ldi. Shu tariqa, Tomas 1995 yildan 2001 yilgacha bu jamoada o‘ynagan Frenk Lempardni ortda qoldirdi.

Mavsum boshidan buyon Suchek 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter