Ellardays transfer oynasi yopilgandan keyin Maguayrning qayerda bo‘lishini aytdi

Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sem Ellardays «Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr transfer oynasi yopilgandan keyin qaysi klubda bo‘lishini aytdi.

«Transfer oynasi yopilgandan keyin Maguayr qayerda qoladi? «Manchester Yunayted»da u allaqachon «Vest Xem»ni rad etgan. Men uning agentini juda yaxshi bilaman. O‘tgan mavsumdagi barcha qiyinchiliklarga qaramay, Maguayr «Vest Xem»ga o‘tishni istamayapti», – deydi Ellardays.

Avvalroq «Vest Xem» Maguayrni 35 million yevroga transfer qilishga rozi bo‘lgandi, ammo yakunda kelishuv barbod bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter