OCHL pley-off bosqichida mehmonda urilgan qoidasi bekor qilindi

OFK OCHL nimchorak finalidan boshlab pley-off o‘yinlari uchun yangilik kiritadi.

Jumladan, mehmondagi gol qoidasi bekor qilinadi. Ya’ni OCHLning bu mavsumdagi pley-off o‘yinlarida safarda kiritilgan gol mehmon jamoaga hech qanday ustunlik bermaydi. Ikkala o‘yin natijasiga ko‘ra durang qayd etilsa, qo‘shimcha vaqtlarga va penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi.

Demak, «Nasaf» va «Navbahor» jamoalari dastlabki o‘yinda, o‘z maydonida gol o‘tkazib yuborgan taqdirda ham, bu holat endi oldingidek qo‘rqinchli emas. 

Manba: @SamvelKarlenich

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter