Hakamlarimiz OCHL guruh bosqichi bahslaridagi ishtirokini davom ettirmoqda

OCHL 5-turi doirasidagi «H» guruhidan o‘rin olgan «Zheijang» – «Buriram United» bahsiga 6 nafar vakilimiz —Ilgiz Tantashev (bosh hakam), Andrey Sapenko va Timur Gaynullin (ikkisi yordamchi hakam), Rustam Lutfullin (zaxira hakami), Firdavs Norsafarov hamda Rahimbek Karimov (VAR hakamlari) jalb etilgan edi.

Ushbu uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

5 ta gol urilgan bahsda Ilgiz Tantashev ikkala jamoa vakillarini 4 martadan ogohlantirib, cho‘ntagidan jami 8 marta sariq kartochka chiqardi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter