Irqchilikda ayblangan «PSJ»ning sobiq ustozi oqlandi.
Irqchilikda ayblangan «PSJ»ning sobiq bosh murabbiyi Kristof Galtye oqlandi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Galtye «Nissa»dagi faoliyati davomida irqchilikda ayblangan. Murabbiy sport direktoriga jamoada bunchalik qora tanlilar va musulmonlar bo‘lmasligi kerakligini aytgani haqida ma’lumot bor edi.
Prokuratura Galtye uchun shartli bir yillik qamoq jazosi va 45 ming yevro jarima so‘ragan. Biroq sud murabbiyni oqladi.
Kristof Galtye hozirda Qatarning «Al-Duhail» jamoasini boshqarmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/