Fransiyalik sobiq futbolchi: «Desham Mbappeni xafa qilishdan qo‘rqadi»

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kristof Dyugarri Didye Deshamning Kilian Mbappe haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi.

«Uch ranglilar» murabbiy Mbappe bu yil «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq ekanini aytdi.

«Bu meni kuldiradi. Bu ikkiyuzlamachilar to‘dasi aytgandek tuyuladi. Deshamga savol berishadi [«Oltin to‘p» va Mbappe haqida], lekin ishonchim komilki, u bunga parvo qilmaydi.

Mbappe ayni damda gol urmayapti va unchalik yaxshi o‘ynamayapti, lekin Desham uni xafa qilishdan qo‘rqadi. Bu javoblarda chinakam halollik yo‘q», dedi Dyugarri.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter