Anchelotti: «Qaror qabul qilish uchun vaqtimiz bor»

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasi yangi markaziy himoyachi sotib olish niyatida emasligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, David Alaba dam olish kunlari tizzasining xoch qismini yirtib olgan edi. Avstriyalik futbolchi bu mavsum boshqa maydonga tushmaydi.

«Alaba o‘rniga kimdirni xarid qilamizmi? Biz klub bilan vaziyatni muhokama qilmoqdamiz va yaqin bir necha kun ichida barcha variantlarni ko‘rib chiqamiz.

Qaror qabul qilish uchun vaqtimiz bor. Transfer oynasi 31-yanvar kuni yopiladi», dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter