Anchelotti avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyiga aylandi. Bu haqda La Liga rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Anchelottining boshqaruvi tufayli «Real Madrid» mavsumni uchta g‘alaba bilan boshladi. Bu xizmatlari uchun Karlo Anchelotti oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi», — deb yozdi La Liga matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, «Real» dastlabki uch turda «Atletik» (2:0), «Almeriya» (3:1) va «Selta» (1:0) klublarini mag‘lub etgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter