Anchelotti: «Derbidagi mag‘lubiyatga munosabat bildirishimiz kerak»

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida “Las-Palmas”ga qarshi uyin oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Madridning “Real” klubi La Liganing so‘nggi turida “Atletiko”ga qarshi o‘yinda 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Anchelotti endi jamoasidan reaksiya kutmoqda.

«Las-Palmas» juda yaxshi o‘ynamoqda va ular to‘pga ega bo‘lishni yaxshi ko‘radilar. Biz ertangi o‘yinga tayyor bo‘lishimiz va derbidagi mag‘lubiyatga javob qaytarishimiz kerak», – dedi Anchelotti seshanba kungi matbuot anjumanida.

 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter