“Real” Karlo Anchelotti bilan shartnomani uzaytiradi

Madridning “Real” klubi Karlo Anchelottiga yangi shartnoma taklif qiladi.

Cadena SER xabariga ko‘ra, madridliklar bosh murabbiy bilan 1+1 ko‘rinishida yangi bitim imzolamoqchi.

Biroq, “Real” zaxira rejasini ham tuzib qo‘ygan. Agarda Anchelotti bilan kelishuvga erishilmasa, “Madrid” Zinedin Zidan hamda Xabi Alonso variantlarini ko‘rib chiqadi. Zidan bilan ishlash klub prezidenti Florentino Peresga yoqadi, Alonso variantini esa rahbariyatning boshqa a’zolari ilgari surmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti 2021 yildan buyon “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter