Pochettino: «Mentalitetimiz ustida ishladik»

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APLning 17-turida «Sheffild Yunayted»ga qarshi o‘yindagi umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

Argentinalik mutaxassisning fikricha, uning jamoasi bo‘lajak uchrashuvda g‘alaba qozonish niyatida.

«Bu qiyin bo‘ladi. Ular agressiv, past blok bilan o‘ynashadi. Biz mentalitetimiz, o‘yin variantlarimiz ustida ishladik.

Biz yaxshiroq o‘ynab, g‘alaba qozonishga ahd qildik», dedi Pochettino matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter