Nigina Abduraimova Fransiyadagi turnirning 1/8 finalida ishtirok etadi

Fransiyaning Limoj shaharida tennis bo‘yicha W125 toifasiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Sovrin jamg‘armasi 125 ming dollarni tashkil etuvchi mazkur musobaqada o‘zbekistonlik Nigina Abduraimova ham ishtirok etmoqda.

Abduraimova ilk davrada shveysariyalik Syuzan Bandechchini 6:4, 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Syuzan ikkinchi setning to‘rtinchi geymidan keyin bahsni davom ettira olmasligini ma’lum qilgandi.

Bugun Nigina musobaqaning 1/8 final uchrashuvida rossiyalik Anna Blinkovaga qarshi kortga chiqadi. Blinkova Limoj turnirining ilk bosqichida WTA reytingida 514-pog‘onada borayotgan ukrainalik Veronika Podrezdan 6/3, 6/1 hisobida ustun kelgan.

Taqqoslash uchun, Nigina Abduraimova WTA reytingida 221-pog‘onadan joy olgan. Abduraimova — Blinkova uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter