Zaynab Dayibekova Fransiyadagi gran-prida medallar uchun kurashni davom ettirmoqda

Fransiyaning Orlean shahrida qilichbozlik bo‘yicha Gran-pri musobaqasi davom etmoqda. Ayni paytga kelib, dastlabki saralash bosqichi ortda qoldi.

Bugun sportchilar 1/32 final bellashuvidan bahslarga kirishishadi. Hozirda Zaynab Dayibekova hamda Musa Aymuratov medallar uchun kurashni davom ettirishmoqda.

Afsuski, Sherzod Mamutov guruh bosqichida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Hamyurtlarimiz bugungi janglarni quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

Zaynab Dayibekova – Shixomi Fukushima (Yaponiya)
Musa Aymuratov – Ziyad Elsissi (Misr).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter