Xanchjou-2022: boks. Nigina O‘ktamova Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega chiqdi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Nigina O‘ktamova Osiyo o‘yinlarining yarim finaliga yo‘l oldi.
Quvonarlisi, -54 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz ushbu bosqichga yo‘l olish bilan birga Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasiga ham ega chiqdi.
O‘ktamova shiddatli ruhda kechgan chorak final jangida yaponiyalik Rinka Kinoshitadan ustun keldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/