Ulug‘bek Rashitovdan yana bir tarixiy natija!
Parij shahrida o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. -68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Yurtdoshimiz murosasiz kechgan final jangida braziliyalik Edivak Pontes ustidan g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Qayd etish joiz, Rashitov bu bilan ketma-ket ikki bor Gran-pri turnirida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek taekvondochisiga aylandi.
Manba: olympic.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/