Musa bu hafta «Milan» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

“Milan” va “Valensiya” klublari yarim himoyachi Yunus Musaning transferi borasida kelishib olishdi. Avvalroq jurnalist Fabrisio Romano Stefano Pioli jamoasi amerikalik uchun 20 million yevro to‘lashi haqida xabar bergandi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ayni damda klublar transferni yakunlash uchun o‘zaro kerakli hujjatlarni imzolamoqda. 20 yoshli Musa tibbiy ko‘rikdan o‘tish va «rossonerilar» bilan shartnoma imzolash uchun shu hafta Italiyaga kelishi rejalashtirilgan.

Musa «Milan»da yarim himoyachi Sandro Tonalining o‘rnini egallaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter