«Benfika» «Portu»ni mag‘lub etib, 9-bor Portugaliya Superkubogi g‘olibiga aylandi

«Benfika» Portugaliya Superkubogi bahsida «Portu»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

«Benfika» safida Petar Musa va Anxel Di Mariya gollarga mualliflik qilishdi. Pepe qizil kartochka olgach, “Portu” o‘n kishi bilan o‘yinni yakunladi. “Portu” bosh murabbiyi Serxio Konseysau ham qizil kartochka oldi.

«Benfika» bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Sporting»ni quvib yetib, 9-marta Portugaliya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Faqat “Portu”da ko‘proq g‘alaba bor – 23 ta.

Benfika – Portu 2:0 (0:0, 2:0)
9 avgust, 00.45, «Aveyru»
Gollar: 1:0 – 61 Di Mariya, 2:0 – 68 Musa.
Benfika – Vlaxodimos, Ba, Otamendi, Antoniu Silva, Ristich (Yurasek, 46), Di Mariya (Skyellerup, 90), Joau Mariu (Musa, 46), Eursnes, Kekchyu (Florentinu, 70), Joau Nevesh (Shikinyu, 75), Rafa Silva.
Portu – Diogu Koshta, Pepe, Markano, Sanusi (Gonsalu Borjesh, 81), Otavio, Gruyich (Joau Mariu, 69), Eushtakiu (Romariu Baro, 65), Pepe, Taremi (Fran Navarro, 81), Namaso (Toni Martines, 65), Galeno.
Ogohlantirishlar: Ristich (15), Joau Mariu (16), Kekchyu (27), Namaso (29), Pepe (33), Ba (43), Pepe (45), Joau Nevesh (49), Eushtakiu (51), Sanusi (55), Shikinyu (84), Vlaxodimos (87).
Chetlatish: Pepe (90), Konseysau (90).

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter