Allegri: «Oxirgi o‘yinda juda ko‘p texnik nuqsonlarni ko‘rdim»

Italiyada A Seriya chempionatining o‘n beshinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvlar boshlandi, «Yuventus» «Napoli»ni minimal ustunlik bilan mag‘lub etdi – 1:0.

Turin klubi ustozi natijadan mamnun, ammo futbolchilarining o‘yinidagi xatolarni qayd etdi.

«G‘alaba qozonish juda muhim edi, hozir «Napoli» o‘n ikki ochko ortda qoldi. Skudetto uchun kurashga kelsak, biz, har doimgidek bir qadam oldinga qarashni afzal ko‘ramiz. Qadam ba qadam rejalarga erishib boramiz.

Biz ba’zi narsalarni yaxshilashimiz kerak, men oxirgi o‘yinda juda ko‘p texnik nuqsonlarni ko‘rdim», – deya Allegri so‘zlarini keltiradi Juvenews.eu.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter