Danilo: «Gatti «Yuventus»ga sodiqligini ko‘rsatdi»

Italiyada A Seriya chempionatining o‘n beshinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvlar boshlandi, «Yuventus» «Napoli»ni minimal ustunlik bilan mag‘lub etdi – 1:0.

Uchrashuvdagi yagona gol Turin klubi himoyachisi Federiko Gatti tomonidan kiritildi. Uning muvaffaqiyatini himoyadagi hamkasbi braziliyalik Danilo qayd etdi.

«Federiko barchamizga o‘rnak bo‘lib, kamtarin mehnat qiladigan yigit. U kuchli, chidamli, bugun yana bir bor «Yuventus»ga sodiqligini ko‘rsatdi va biz uch ochkoni qo‘lga kiritdik, bu esa ruhiyatni oshirish uchun juda muhim», – dedi Danilo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter