Allegri: «Yuventus»ning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman»

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri klub oldiga qo‘yilayotgan jiddiy talablar haqida gapirdi.

56 yoshli mutaxassis 2021-yildan buyon «byankonerilar»ni boshqarib kelmoqda, bungacha 2014-2019-yillarda ham jamoani boshqargan.

«Yuventus»ning bir qismi bo‘lganimdan xursandman. Men klub bilan muvaffaqiyatga erishish uchun bor kuchimni berishni juda xohlayman.

«Yuventus»da ishlash – bu katta mas’uliyat, g‘alaba qozonish uchun doimiy bosim. Buning o‘ziga xos jozibasi bor, chunki u sizni maqsadlaringizga erishishga undaydi», – dedi Allegri Sky Sport nashriga bergan intervyusida.

“Yuventus” sakkiz turdan keyin A Seriyada uchinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter