Dimarko: «Darvozabon o‘z joyini tashlab chiqqanini ko‘rdim va zarba berdim»

Italiya chempionatining 12-turida “Inter” “Frozinone”ni mag‘lub etib, A Seriya turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdagi birinchi golni qirq metrga yaqin masofadan ajoyib zarba yo‘llab, to‘pni darvoza ustidan tashlab qo‘ygan Federiko Dimarko kiritdi. O‘yindan so‘ng u o‘z golini quyidagicha izohladi:

«Denzelga qaradim, pas berish haqida o‘yladim, lekin keyin ko‘rdimki, darvozabon o‘z joyidan juda uzoqqa chiqib ketdi va zarba berdim. To‘p juda yaxshi uchib bordi. Balki mening eng yaxshi gollarimdan biri bo‘lsa kerak», – dedi futbolchi fcinter1908.it bilan suhbatda.

Keyingi turda “Inter” “Yuventus”ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter