Anchelotti Isko uchun xursand ekanligini yashirmadi

«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning sobiq yarim himoyachisi, hozirda «Betis»da o‘ynayotgan Isko haqidagi savolga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, «Real Madrid» hafta oxirida «Betis»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

«Iskoni kuzatdim, u o‘z darajasiga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Men u uchun xursandman. U ertaga biz eng ko‘p nazorat qilishimiz kerak bo‘lgan o‘yinchilardan biri», – dedi Anchelotti jurnalistlarga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter