Xavi: «Kanseluning kelishi o‘yin tizimida hech narsani o‘zgartirmadi»

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ernandes himoyachi Joau Kanseluning kelishi jamoaning o‘yin uslubini qandaydir tarzda o‘zgartirganiga ishonmayapti.

«Kanseluning kelishi «Barselona»ning o‘yin tizimida hech narsani o‘zgartirmadi. Kunde, Arauxo va Serxi Roberto bilan xuddi shunday uslubda o‘ynadik. Oxir-oqibat, faqat profillar va ismlar o‘zgartirildi”, – dedi Xavi matbuot anjumanida.

Dam olish kunlarida Kanselu Ispaniya chempionatida “Betis” darvozasiga “Barselona” safida debyut golini urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter