«Barselona» Xavi boshchiligidagi eng yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi «Betis» bilan o‘yinda o‘z natijasini yaxshiladi – agar o‘tgan mavsumda «blaugrana» raqibni 4:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, bugun ular beshta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu Xavi Ernandes klubni qabul qilib olgandan beri – ya’ni so‘nggi ikki yildagi eng yirik g‘alaba bo‘ldi. Gap nafaqat Ispaniya chempionati, balki barcha turnirlar haqida ketyapti, bungacha Xavi qo‘l ostidagi «Barselona» maksimal to‘rtta gol farqi bilan g‘alaba qozonar edi.

Eslatib o‘tamiz, klubning sobiq futbolchisi Xavi Ernandes 2021 yilning noyabr oyidan boshlab jamoani boshqarib kelmoqda. Chempionatning navbatdagi turida “Barselona” “Selta”ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter