Bernardu Silva «PSJ»ga o‘tmaydigan bo‘ldi

«Manchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva «PSJ»ga o‘tmaydi.

Leparisien nashrining xabariga ko‘ra, «shaharliklar» futbolchining transferini taqiqlab qo‘yishgan. Bernardu Messi ketganidan keyin «PSJ»ning transfer bozoridagi asosiy maqsadlaridan biri edi.

Yarim himoyachining «shaharliklar» bilan shartnomasi 2025 yilning iyunida yakuniga yetadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter