Bernardu Silva: «Portu» yoki «Sporting»da aniq o‘ynamayman»

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva RTP nashriga bergan intervyusida «Benfika»ga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

29 yoshli portugaliyalik futbolchi «burgutlar» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2013 yildan 2015 yilgacha Lissabon klubining asosiy jamoasida o‘ynagan.

«Men buni xohlardim. Agar o‘sha paytda klub meni xohlasa, nimadir bo‘lishi aniq.

Shu bilan birga, men «Portu» yoki «Sporting»da o‘ynashga qodir emasman. Bu bo‘lmaydi» – dedi Bernardu Silva.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter