Stouns: «David Silva – men bilan o‘ynagan eng yaxshi futbolchi»

«Manchester Siti» markaziy himoyachisi Jon Stouns David Silva bilan birgalikdagi o‘yinlari haqida gapirdi.

37 yoshli ispaniyalik futbolchi yaqinda faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Mashhur sobiq yarim himoyachi 2010 yildan 2020 yilgacha «shaharliklar» sharafini himoya qilgan.

“David Silva men bilan birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi. Uning bu yerdagi faoliyati davomida biz juda yaqin edik. Klubga kelganimda, u menga do‘st bo‘ldi. Men aytmoqchimanki, biz bir-biriga juda yaxshi munosabatda bo‘lgan ikki xil odammiz», – dedi angliyalik futbolchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter