Tuxel: «Bu bizning futbol hayotidagi so‘nggi mag‘lubiyatimiz bo‘lmaydi»

«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Germaniya kubogi 2-saralash bosqichi doirasida Germaniya 3-divizioni vakili «Saarbryukken» jamoasidan uchralgan sensasion mag‘lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.

«Biz birga g‘alaba qozonamiz va birga mag‘lub bo‘lamiz. Bu og‘ir mag‘lubiyat, og‘ir oqshom bo‘ldi. Hozir kimnidir ayblash vaqti emas, ayniqsa omma oldida. Vaqtimiz yo‘q, biz oldinga qarab harakatlanishimiz kerak.

Bizda 14 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya bor edi, ammo bugun mag‘lubiyat uchun eng yomon vaqt bo‘ldi, chunki bu o‘yin turnirda jon saqlab qolish uchun edi. Bu bizning futbol hayotidagi so‘nggi mag‘lubiyatimiz bo‘lmaydi – biz mag‘lubiyatni yomon ko‘ramiz, lekin biz oldinga borishimiz kerak – men hech kimni ayblamayman», – dedi Tuxel Bayern & Germany bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter