A Seriya bosh direktori Mourinyoga javob qaytardi

A Seriya bosh direktori Luidji de Servo «Roma» bosh murabbiyi Joze Mourinyo haqida gapirdi. Portugaliyalik mutaxassis avvalroq taqvimdan noligandi – uning jamoasi payshanba kungi Yevropa ligasi o‘yinidan so‘ng yakshanba kuni «Inter»ga qarshi o‘ynadi.

«Men Mourinyoni futbol va «Roma» uchun qilayotgan ishlari sabab hurmat qilaman, ammo uning jadval haqidagi so‘zlari bahonadek tuyuladi. «Barselona» Chempionlar ligasida o‘ynadi va keyin shanba kuni soat 16:00 da «el-klasiko»da maydonga tushdi.

Katta o‘yinlar pik vaqtlarda o‘tkazilishi kerak», – dedi De Servo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter