Azmun «Roma»ning Yevropa ligasi uchun qaydnomasiga kiritilmadi

Yozda “Roma”ga ko‘chib o‘tgan eronlik hujumchi Serdar Azmun jamoa safida Yevropa ligasi guruh bosqichida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda Roma Press xabar bermoqda.

Rim klubi hujumchi va himoyachi Rasmus Kristensenni yevrokuboklar uchun qaydnomaga kiritmagan. Bu harakat «bo‘rilar» tomonidan ma’lum bir transfer oynasidagi sarf-xarajatlar bilan bog‘liq moliyaviy feyr-pley qoidalari tufayli qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Rim klubi Serdarni «Bayer»dan 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olgan edi.

Joze Mourinyo shogirdlari navbatdagi o‘yinni 17 sentyabr, yakshanba kuni “Empoli”ga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter