Dibala: «Roma»ga Lukaku va Azmun kelganidan xursandman»

«Roma» vingeri Paulo Dibala yozgi transfer oynasida Rim jamoasi safiga qo‘shilgan jamoa hujumchilari Romelu Lukaku va Serdar Azmun haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Romelu va Serdar, shuningdek, boshqa yangi futbolchilar kelganidan xursandman.

Penalti? Bizda 11 metrlik zarbani amalga oshirmoqchi bo‘lgan futbolchi nuqtaga yaqinlashadi. Ba’zi zarbalarni men qabul qila olaman, boshqalari – mening sheriklarim», – dedi Dibala DAZN bilan suhbatda.

Italiya chempionatining so‘nggi uchrashuvida “Roma” “Empoli”ni qabul qilib, 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.

To‘rt turdan so‘ng Joze Mourinyo shogirdlari A Seriya turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter