Keyn: «Bu muhim g‘alaba bo‘ldi»

Xarri Keyn kecha «Bavariya» safidagi 10-golini urdi.

Hujumchi Bundesliga doirasidagi «Mayns»ga qarshi o‘yinda o‘z imkoniyatni golga aylantirdi. Shundan so‘ng u voqeaga o‘z fikrini bildirdi. 

«Biz o‘yinni yaxshi boshladik va ertaroq ikkita gol urdik. Ammo tanaffusga oz vaqt qolganida o‘tkazib yuborgan golimiz ikkinchi bo‘limdagi vaziyatni o‘zgartirib yubordi.

Xayriyatki, uchinchi golni tezda urdik, bu bizga katta yordam berdi. Umuman olganda, bu muhim g‘alaba bo‘ldi», – dedi Keyn.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter