Keyn «Bavariya»dagi debyut golidan so‘ng fikr bildirdi

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Bundesliganing 1-turi doirasidagi «Verder»ga (4:0) qarshi o‘yindan so‘ng intervyu berdi.

Uchrashuvning to‘rtinchi daqiqasidayoq ingliz futbolchisi golli uzatmani amalga oshirdi va ikkinchi bo‘limda o‘zi gol urdi va nemis futbolidagi debyut golini nishonladi.

«Xayrli kech. Biz birinchi golni juda tez kiritdik, ammo bundan keyin o‘yin oson kechmadi. Ikkinchi golni urganimdan xursandman. Yakunda zaxiradan maydonga tushgan yigitlar o‘z vazifalarini bajarishdi.

Albatta, biroz asabiylashdim – yangi muhit, yangi jamoa. Lekin maydonga tushishim bilan hammasi o‘z joyiga tushdi. Bugun biz «RB Leypsig»ga qarshi o‘yinga qaraganda ancha yaxshi edik», – deya Keyn so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter