Bundesliganing eng qimmat futbolchisi aniqlandi

Germaniya chempionatining eng qimmat futbolchilari reytingida «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn va myunxenliklar yarim himoyachisi Jamol Musiala yetakchilik qildi.

Bugun, 18-oktyabr kuni Transfermarkt portali Bundesliga futbolchilarining qiymatini yangiladi. Ilgari 110 million yevroga baholangan Musiala bu ko‘rsatkich bo‘yicha yagona yetakchi edi. Biroq, endi Keyn unga yetib oldi – futbolchining yangi narxi 110 million yevroni tashkil etdi.

Joriy mavsumda Musiala barcha turnirlarni hisobga olgan holda sakkizta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Keyn «Bavariya» safida o‘nta o‘yinda 9 gol va 5 golga assistentlik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter