Maguayr A Seriya grandi qiziqish doirasida bor

«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Xarri Maguayr kelasi yozda «Milan»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda La Stampa nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli ingliz futbolchisi qishki transfer oynasida mankunianliklar safini tark etmasa, «Milan» uni 2024 yilning yozida arzonroq summada xarid qilmoqchi.

Maguayrning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2025 yilda yakuniga yetadi. Transfermarkt uni 20 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter