Maguayr: «Man Yunayted» jamoada qolganimdan xursand»

«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Xarri Maguayr «Vest Xem»ga o‘tmagani haqida gapirdi.

«Bolg‘achilar» yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar Angliya markaziy himoyachisini qo‘lga kiritishga umid qilishgan, ammo ular kelishuvga erisha olishmagandi.

«Biz shunchaki rozi bo‘lmadik», dedi Maguayr. «Manchester Yunayted» qolganimdan xursand edi va men o‘z o‘rnim uchun kurashni davom ettirmoqchiman. Men bor kuchimni ishga solishda davom etaman, mashg‘ulotlarda va o‘yinlarda bor kuchimni sarflayman», dedi «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2025 yilda yakunlanadigan futbolchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter